Vera Brejneva: Afsonaviy Samarqandga albatta boraman!


Автор: admin / Дата: 26-12-2015, 20:53 / Просмотров: 801

Rossiyalik xonanda Vera Brejneva samarqandlik muxlislariga va’da berdi.

“Afsonaviy Samarqand shahrini borib ko‘rish mening eng katta orzuim! Afsuski, niyatim bu safar amalga oshmadi”, — dedi Vera Brejneva.

“Ammo barcha samarqandlik muxlislarimga va’da beramanki, bir kun albatta mo‘jizaviy shahringiz manzarasidan zavqlanaman”, — deya qo‘shimcha qildi rossiyalik qo‘shiqchi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli xonanda Vera Brejneva 15-dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan edi.скачать dle 12.1