“Tank”ka aylangan “Lada”


Автор: admin / Дата: 26-01-2016, 16:15 / Просмотров: 1 230

Rossiyaning Omsk viloyatida istiqomat qiluvchi avtohavaskor “VAZ-2109” avtomobiliga gusenitsa o‘rnatib, uni tankka aylantirdi. Bu haqda “Voydoda.Com” xabar bermoqda.

Rezinadan yasalgan zanjirni harakatlantiruvchi g‘altaklari o‘rnida mashina g‘ildiraklari joylashgan. “T-2109” nomlangan yangi “tank” soatiga 65 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi, 100 kilometr yo‘lga 16 litr benzin sarflaydi.

“Tank” ixtirochisi Andrey Romanovning aytishicha, u “bor-yo‘g‘i yo‘lda sirpanmaslik taraddudini ko‘rgan”. Bundan tashqari, qo‘shnilarining ayozda yurolmay qolgan mashinalarini tortib, yordam beryapti.

скачать dle 12.1