Shohruhxon va Asal haqidagi mish-mishlarga oydinlik…


Автор: admin / Дата: 27-08-2016, 12:39 / Просмотров: 3 988

Bugun erta tongdan Shohruhxon va Asal Shodieva ajralishadimi, degan mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida SB.uz portali Shohruhxonning ma’muri Izzatilla Obloqulov bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida bu mish-mishdan boshqa narsa emas ekanligi ma’lum qilindi.

Biz Shohruhxonning ma’muri Izzatilla Obloqulov bilan suhbat chog’ida bu bolalagan mish-mishlar asossiz ekanligi haqida javob oldik. Ayni damda Shohruhxon o’zining «Aldamadim» taronasiga klip suratga tushirish harakatida. Klip Dilmurod Agzamov hamda Rustam Murodovlar tomonidan suratga tushirilmoqda. Mish-mishlar ham mana shu klipga asoslangan piar ortidan kelib chiqqanligi aytilmoqda. «Bu piarni odamlar noto’g'ri tushunib, boshqa tarafga burib yuborishdi. Birovni oilasi haqida bunday mish-mish aytish noto’g'ri! Uyat, uyat, uyat!!!», — deydi, Shohruhxonning ma’muri Izzatilla Obloqulov biz bilan suhbatda.

скачать dle 12.1