Qozog‘iston dunyoning qimmatbaho avtomobillariga buyurtma berish bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi


Автор: admin / Дата: 8-07-2015, 20:35 / Просмотров: 902

Qozog‘iston va Ozarbayjon kabi mamlakatlarda qimmatbaho avtomobillarga bo‘lgan talab oshib bormoqda.

“Olma-Otaning o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarida Rolls-Royce, Bentley va Maserati rusumli avtomobillarda yurishni istagan ko‘plab boy kishilar bor. Shu sababli Markaziy Osiyoning ushbu mamlakatida qo‘shni Rossiyadan ko‘ra, ko‘proq odam Bentley’ga buyurtma bergan”, — deyiladi agentlik xabarida.

Avtomobil kompaniyalari so‘nggi yillarda noodatiy bozorlarga e’tiborini oshirib bormoqda. 2014-yilda Rolls-Royce’ning 6 ta dillerlik markazidan 4 tasi Ozarbayjon, Kamboja, Meksika va Qozog‘iston kabi rivojlanayotgan bozorlarda ochildi.

Manba: Daryo.uzскачать dle 12.1