“Olam go‘zali — 2015” unvoniga Filippin vakilasi sazovor bo‘ldi


Автор: admin / Дата: 21-12-2015, 15:39 / Просмотров: 872

Filippin vakilasi Piya Alonso Vurtsbax “Olam go‘zali — 2015” tanlovining g‘olibasi bo‘ldi.

Boshlovchining xatosi tufayli toj Kolumbiya vakilasiga berilib, unda bir necha daqiqaga qolib ketdi. Keyinchalik, haqiqiy g‘oliba e’lon qilinib, u 26 yoshli Vurtsbax bo‘lib chiqdi. Filippin-nemis millatiga mansub model Germaniyada tavallud topgan.

G‘olibaga tojni 2014-yilgi “Olam go‘zali” kolumbiyalik Paulina Vega topshirdi.

Unvon uchun 80 mamlakat vakilalari kuch sinashdi. Vitse-go‘zal unvoni Kolumbiya vakilasi Ariadna Gutiyerega berilib, ikkinchi vitse-go‘zal unvoni amerikalik 27 yoshli Oliviya Jordanga nasib qildi.скачать dle 12.1