Gollivud “Do‘stlar” serialini barcha davrlardagi eng yaxshi teleserial deb atadi


Автор: admin / Дата: 19-09-2015, 08:47 / Просмотров: 892

The Hollywood Reporter nashri Gollivud kinosining yaratilishiga aloqador 2,8 ming kishidan sevimli serialini aytishni so‘radi. So‘rov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Do‘stlar” (Friends) seriali egalladi.

Ushbu serial NBC telekanali orqali 1994-yildan 2004-yilga qadar namoyish etilgan edi.

Ikkinchi o‘rinni AMC telekanali orqali 2008—2013-yillarda namoyish etilgan “Tubanlashish” (Breaking Bad) dramasi egalladi.

Uchinchi o‘rinni esa Fox telekanali orqali 1993—2002-yillarda omma e’tiboriga havola etilgan “Maxfiy hujjatlar” (The X-Files) fantastik seriali qo‘lga kiritdi.скачать dle 12.1