Buyuk britaniyalik teleboshlovchi Rioda bezgak yuqtirib olgach, komaga tushib qoldi


Автор: admin / Дата: 19-08-2016, 10:04 / Просмотров: 398

Buyuk Britaniyaning Sky va ITV telekanallari sobiq teleboshlovchisi Charli Uebster Rio Olimpiadasida bezgak yuqtirib olgach, komaga tushib qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Teleboshlovchi 5-avgust kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimidan so‘ng o‘zini noxush his etdi. O‘shanda shifokorlar buni u Olimpiada arafasida 3000 kilometrga velomarofanda ishtirok etgani bilan izohlagandi. Keyinchalik, ayolning holati yomonlashgach, shifokorlar bezgak tashxisini qo‘ydi. Ayni paytda Uebster sun’iy komada bo‘lib turibdi.скачать dle 12.1