Xorijlik afg‘on urushi qatnashchilariga Shavkat Mirziyoyev nomidan oltin soatlar taqdim etildi


Автор: Otabek / Дата: 3-02-2019, 14:00 / Просмотров: 410

Xorijlik afg‘on urushi qatnashchilariga Shavkat Mirziyoyev nomidan oltin soatlar taqdim etildi Toshkentdagi “Turkiston” saroyida O‘zbekiston VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining 25 yilligi, sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilganining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan afg‘on urushi qatnashchilariga Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan oltin soatlar sovg‘a qilindi, deya xabar berdi Sputnik. Foto: Sputnik O‘zbekiston prezidenti nomidan oltin soat bilan VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi raisi Tal’at Muradov, “Boyevoye bratstvo bez granis” xalqaro ittifoqi oliy kengashi a’zosi, general-leytenant Ruslan Aushev, Rossiya fan va madaniyat markazi rahbari Viktor Shulika, Rossiya Federatsiyasi kengashi a’zosi, senator Frans Klinsevich, Afg‘oniston urushi veteranlari ittifoqi raisi Mixail Mokano, MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashi huzuridagi jangchi-baynalmilalchilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Aleksandr Kovalyov taqdirlandi. Shuningdek, MDH davlatlari Afg‘oniston urushi qatnashchilari ittifoqlari yetakchilari: Armen Mxitaryan (Armaniston), Suxrobsho Yusufshoyev (Tojikiston), Yevgeniy Broy (Estoniya), Nugzar Kaxniauri (Gruziya), Kojobek Risbayev (Qirg‘iziston), general-mayor Sergey Chervonopiskiy (Ukraina), Sharipbay Utegenovga (Qozog‘iston) ham O‘zbekiston yetakchisi nomidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 2-fevral kuni Toshkentdagi “Mangu olov” memoriali yonida urushda halok bo‘lgan askarlar xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Afg‘oniston urushida halok bo‘lgan 1514 nafar jangchi nomlari kiritilgan xotira kitobining taqdimoti o‘tkazildi.скачать dle 12.1