Qatar Oʻz Tarixada Ilk Bora Chempion Boʻldi


Автор: Otabek / Дата: 2-02-2019, 23:37 / Просмотров: 191

Qatar Yaponiyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempioni bo‘ldi 1-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya terma jamoasi Qatar termasiga qarshi musobaqa chempionligi uchun kurash olib bordi. O‘yinning 12-daqiqasida qatarlik Almuaz Ali Yaponiya termasi darvozasiga “qaychi” uslubida super gol urdi (1:0) va musobaqadagi gollari sonini 9 taga yetkazdi. 27-daqiqada esa Qatar termasi yarim himoyachisi Abdulaziz Hatim uzoqdan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). 2-bo‘limning 69-daqiqasida Takumi Minamino arablar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi (2:1). 83-daqiqada hakam Ravshan Ermatov tomonidan Yaponiya darvozasiga penalti belgilandi. Akram Afif bundan unumli foydalandi va yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa Qatar termasi Yaponiyani 3:1 hisobida taslim qilib, o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi.скачать dle 12.1