Samarqanda Super Ekran Paydo Boʻldi


Автор: Otabek / Дата: 2-02-2019, 23:30 / Просмотров: 307

Samarqand shahrida binoning ustki qismiga o‘rnatiladigan ilk svetodiodli ekran paydo bo‘ladi, deb xabar berdi “Samarkandskiy vestnik”. Foto: “Samarkandskiy vestnik” Ekran Ko‘ksaroy maydonidagi kengashlar uyiga o‘rnatiladi. 1000 kvadrat metr maydonga o‘rnatiladigan super ekranda Sаmarqand shahrining diqqatga sazovor maskanlari ahqida ma’lumotlar va ijtimoiy videoroliklar namoyish etiladi. Xuddi shunday ekran bugungi kunda Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasiga ham o‘rnatilgan. Viloyat hokimligining ushbu tashabbusi Yangi yilga qadar amalga oshirilishi kerak edi, biroq texnik sabablarga ko‘ra svetodiodli ekranni o‘rnatish ishlari kechiktirilgan edi. Hozirgi paytda svetodiodli ekranni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.скачать dle 12.1