Shahzoda "Shunchaki"ning davomini suratga oldirdi!


Автор: Sevara / Дата: 14-10-2018, 10:41 / Просмотров: 258

         Xonanda Shahzoda "Men o'sha" taronasini muxlislar e'tiboriga havola qilgandi. Qisqa vaqt ichida ko'plab tinglovchilarning sevimli qo'shig'iga aylanishga ulgurgan mazkur ijod namunasi uchun klip ham suratga olindi. 
"Men o'sha" klipi Shahzodaning "Shunchaki" klipining davomi sifatida yaratildi. Klip trek va syujetdan iborat bo'lib, "Shoxona  Creative Group" tomonidan suratga olingan. 
        Klip rejissorlari Sarvar va Komil (Benom guruhi). Bosh rollarni Jamshid Isaxo'jayev va Ziyoda Xudoyqulovalar ijro etishgan. 
Klip premyerasi oktabr oyining so'nggida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

скачать dle 12.1